Joriy yilning 29-avgust kuni Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasidagi Markaziy o’yingohda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram gala-konserti bo’lib o’tdi.Paxtachi tumani Madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishi bilan boshlangan konsert dasturi tuman hokimining nutqiga ulanib ketdi. Sahna ko’rinishida O’zbekiston xalqining mustaqillikka erishgunicha bo’lgan voqealar va qiyinchiliklar, shuningdek, mustaqillikdan keying erishilgan yutuqlar haqida qisqacha ko’rsatib o’tildi. Tuman Madaniyat bo’limi san`atkorlari tomonidan kuylangan qo’shiqlarda Vatanga sadoqat, vatanni e`zozlash kabi tuyg’ular aks etdi. Bayram tadbirida xalqimizning sevimli sanʼatkori O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist ALISHER FAYZ ning chiqishi barcha paxtachiliklarning olqishiga sazovor bo’ldi.
Tasvirchilar:
Rasulbek Rahmonov
Firdavs
Montajchi:
Jonibek Obloqulov
Ziyovuddin Media videostudiyasi 2023 yil