Bugun Paxtachi tumani 64-son Chaman madaniyat markazida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida keng ko'lamli obodonlashtirish va ko'chat ekish jarayoni bo'lib o'tdi. Tuman Madaniyat bo'limida faoliyat olib borayotgan barcha ishchi xodimlar Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlab berilgan ushbu loyihada hamjihatlik bilan qatnashib, markaz hovlisiga turli tuman mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.