Chilla-iste`dodlar mavsumi tadbiri Paxtachi 2024

Опубликовано: 31 Июль 2024
на канале: Mash'al ijtimoiy-siyosiy gazetasi
189
0

Paxtachi tarixi muzeyida “Chilla – iste’dodlar mavsumi” loyihalari doirasida turli ma'daniy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Jumladan, hunarmandchilik va tasviriy san'at ko'rgazmalari, sportning mini-futbol, kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi turlaridan musobaqalar va boshqa ko'plab ko'ngilochar dasturlar tashkil etilgan. Jumladan, tasviriy san'at tanlovida yosh iste’dod sohiblari, mo'yqalam ustalari o‘zlarining eng sara ijod namunalari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarning iste'dodlarini namoyon etishlarida hamda ko'plab yangi do'stlar orttirishiga xizmat qilishi, shubhasiz.