Ostona shahrida Zakovat Asian Cup musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
5-avgust kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Zakovat Asian Cup musobaqasi o‘tkazildi.
Qozog‘iston Prezidenti Ostonada Zakovat Asian Cup musobaqasi o‘tkazilishini alohida qo‘llab-quvvatladi va bunday tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasida madaniy yaqinlashuvda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Musobaqada O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.
Har ikki mamlakat muxlislarining jo‘shqin qo‘llab-quvvatlashlari ostida o‘tgan shiddatli bahs yakunida O‘zbekiston terma jamoasi Zakovat Asian Cup g‘olibiga aylandi!
O‘yin yakunida o‘zbek va qozoq bilimdonlari va muxlislari bir-birlariga rahmat aytib, samimiy xayrlashdi. Shunga ko‘ra hech ikkilanmay aytish mumkinki, bu o‘yinda do‘stlik g‘alaba qozondi!
Qardosh xalqlar Zakovat sababli yanada yaqinlashdi! Zakovat - nafaqat o‘yin, balki xalqlarni birlashtiruvchi kuchga aylandi!
"Zakovat" intellektual harakati ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.me/zakovatharakati
Instagram: / zakovatharakati
X: / zakovat
Facebook: / zakovat
#zakovat #ZakovatAstana #asiancup
Pochta manzilimiz: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Saidbaraka ko'chasi 21-uy
Elektron pochtamiz: [email protected]
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @zakovat
Rasmiy saytimiz: www.zakovatklubi.uz