Klimaks davridagi shikoyatlar | Dr. Durdona Fathullayevna +998946445289

Опубликовано: 18 Апрель 2023
на канале: Ginekolog Durdona
55,825
246

Klimask (qad. yun. κλῖμαξ — zinapoya) bu kasallik emas, 45 yoshdan keyin har qanday ayolning hayotida kuzatiladigan mutlaqo normal fiziologik davr. Bu yoshda ayol tanasida nafaqat farzand ko’rish, balki ayolning tashqi ko’rinishi uchun ham javob beradigan tuxumdonlar asta-sekin o’z faoliyatini to’xtatishni boshlaydi.

Gap shundaki, bo’lajak tuxum hujayralarni o’z ichiga olgan follikullar qizlar tug’ilishidan oldin, ular ona qornida rivojlanayotgan paytda hosil bo’ladi. Follikullar soni genetik jihatdan aniqlangan va cheklangan bo’ladi ham. Follikullarda ayollarning asosiy jinsiy gormonlari: estrogen va progesteron ishlab chiqariladi. Qiz bola birinchi hayz ko’ra boshlagan paytdan boshlab, har oyda tuxum hujayralar sarflanib boraveradi va shu tariqa ularning soni tugamaguncha davom etadi.

Menopauza davrida esa tuxumdonlar faoliyati asta-sekin so’na boshlaydi. Buning natijasida yoshga bog’liq estrogen yetishmovchiligi rivojlanadi. Ular ayol organizmning salomatligi uchun javob beradigan gormonlar bo’lib, teri, sochlar, mushak-skelet tizimining holati, ko’rish va barcha ichki organlarning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. Estrogen tanqis bo’lganda ayol organizmi «qariy» boshlaydi va ko’zgudagi aksi o’zgara boradi.

Agarda sizda ginekologik muammolar kuzatilayotgan bo'lsa qo'ng'iroq qilib maslahatimga yoziling, biz sizga yordam beramiz.

Tel: +998946445289