Bachadondan anomal qon ketishi bilan kechadigan kasalliklarni erta aniqlash va davolash masalasi hozirgi kunda muhim tibbiy-ijtimoiy muammoga aylanib bormoqda, chunki ginekologik qon ketishlar bilan kechadigan kasalliklar sababli bemorlarning reproduktiv va jinsiy faoliyatining izdan chiqishi, ularda psixosomatik buzilishlarning kelib chiqishi, ish qobiliyatining pasayishi va oqibatda hayot sifatining pasayishi bilan birga jinsiy a’zolarning rak kasalliklari rivojlanishiga katta xavf tug‘iladi. Shuning uchun, shifokor tomonidan bachadondan anomal qon ketish bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarni erta va to‘g‘ri aniqlash, davolash va dispanserizatsiya chora-tadbirlarini to‘la-to‘kis olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.