KESERCHA KESISH USULIDA TUG’ISH

Опубликовано: 07 Март 2022
на канале: AYOLLAR KLUBI
12,605
31

Foydali maslahatlar AYOLLAR KLUBI kanaliga obuna bo’ling
===
Kesarcha usulda tug'ishga qachon zarurat paydo bo'ladi?

Kesarcha usulda tug'ish tabiiy bo'lmagan holat bo'lib, tug'ilayotgan bolani ona qorni qismidan jarrohlik yo'li bilan bachadon olinishiga aytiladi.

Kesarcha kesish orqali tug'ishga quyidagi holatlar sababchi bo'lishi mumkin:

homila asfeksiyasi (bo'g'ilib qolishi) vujudga kelsa ;
dard tutishning zaifligi bo'lsa;
homila bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'lsa (ya'ni chiqish yo'llariga boshi bilan emas, balki tosi yoki qo'l-oyoqlari bilan);
bosh va chanoq oralig'ida nomutanosiblik bo'lsa;
yo'ldosh ko'chgan bo'lsa;
homila patalogiyasi bo'lsa.

Kesarcha kesilish rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan bo'lishi mumkin. Kesarcha kesilishda homilador ayolning qorin pastki qismi orqali jarrohlik yo'li bilan bachadondan homila olinadi. Operatsiyadan keyin ayol reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi va u yerda 3 sutka davomida kuzatiladi. Bachadon o'z shakliga qaytishi, kesilish joylarida yallig'lanish vujudga kelmasligi uchun maxsus muolajalar qilinadi.

Ko'pincha kesarcha kesishdan keyin tabiiy yo'l bilan tug'ish mumkin, buning uchun keyingi homiladorlikkacha kamida 3 yillik interval bo'lishi lozim.

Kesarcha kesilish bilan tuqqan ayollar tug'ruqxonada fiziologik tuqqan ayollarga ko'ra 3-4 kun ko'proq bo'ladilar.

Kesarcha kesilish yo'li bilan tug'ilgan bolaning sog'lig'i oddiy tug'ilgan bola sog'lig'idan farq qilmaydi.

Agar kesarcha kesilish shart bo'lsa, operatsiyadan qo'rqib undan bosh tortish mumkin emas. Chunki homila tug'ilayotganida to'g'ri va shikastlanmay tug'ilishi uning salomatligi uchun juda muhim.

Kesarch kesilish yo'li bilan tuqqan ayollar keyingi homiladorliklarida tabiiy yo'l bilan tug'ishni istaydilar. Buning iloji qancha?

Kesarcha yo'li bilan tuqqan ayolning keyingi tug'ishi tabiiy bo'lish imkoniyati 60-80%ni tashkil etadi. Bunga ko'plab faktorlar ta'sir qilib, ulardan biri ilk tug'ruq kesarev yo'li bilan o'tkazilishiga bo'lgan sababdir.

Misol uchun, birinchi farzand tabiiy tug'ilgan bo'lib, ikkinchisi tug'ilish payti dumbasi bilan joylashgani sababli kesarev kesilish orqali tug'dirilgan bo'lsa, uchinchi homiladorlikning tabiiy tug'ish bilan yakunlanish ehtimoli yuqori bo'ladi. Lekin ilk tug'ayotganda to'lg'oqlar davomida kuchana olmay, bolani o'zi tug'a olmagani sababli shoshilinch kesarev kesilish bilan bola tug'dirilgan bo'lsa, u holda keyingi tug'ruq ham kesarcha yo'li bilan yakunlanishi mumkin.

Kesarev yo'li bilan tuqqan ayolga ikkinchi homiladorligida tug'ruq qaysi yo'l bilan o'tkazilishini hech kim oldindan aniq ayta olmaydi. Bu narsa faqat rejalashtirilishi mumkin.

Agar homilador ayol kesarev yo'li orqali tuqqan bo'lib, keyingi farzandini tabiiy yo'l bilan tug'ishni maqsad qilgan bo'lsa, bu haqda o'z ginekologi bilan batafsil maslahatlashishi kerak bo'ladi. Shunda ginekologning roziligi va ba'zi shartlarning bajarilishi talab etiladi.

Bu shartlar:

1. Oldingi tug'ishda bachadon T yoki vertikal emas, gorizontal kesilgan bo'lishi kerak. Muhimi shundaki, qorinda ko'rinadigan kesilish joyi ba'zida bachadondagi chok bilan farq qilinishi mumkin.

2. Homilaning chiqish yo'llari yetarlicha keng bo'lishi darkor. Albatta, buni aniq bilishning iloji yo'q, lekin ginekolog ko'rik o'tkazib taxmin qilishi mumkin.

3. Tabiiy tug'ishni rejalashtirgan ayol bachadonida mioma yoki shish mavjudligi tufayli jarrohlik operatsiyasi mavjud bo'lmagan bo'lishi shart.

4. Homilador ayolda kesarev kesilish uchun zaruriyat mavjud bo'lmasligi kerak (Masalan, yo'ldosh bilan bog'liq muammolar, shish mavjudligi va boshqalar).

5. Tug'ruq davomida zarur bo'lib qolsa, kesarev kesilish muolajasini o'tkazish va homilaga kerakli tez yordam ko'rsata olish uchun sharoit bo'lishi muhim.

6. Homilaning tug'ish yo'llariga boshi bilan joylashgan bo'lishi kerak.

Quyidagi faktorlar kesarev kesilishdan so'ng tabiiy tug'ishga to'sqinlik qilishi mumkin:

Homilador ayolning yoshi kattaligi;
Homilador ayolning vazni o'ta yuqoriligi;
Tug'ilayotgan bolaning vazni 4.0 kgdan ortiqligi;
Homiladorlik 40 haftadan o'tib ketganligi;
Kesarev yo'li bilan tug'ishdan so'ng keyingi homiladorlikkacha bo'lgan muddat 2 yil va undan kam bo'lishi.

Agar tabiiy ravishda tug'ish imkoniyati bo'lsa, undan foydalanish kerak. Chunki bir necha bor kesarev kesilishdan so'ng bo'lgan homiladorlikda yo'ldosh bilan bog'liq jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Undan tashqari tabiiy tug'ruqdan so'ng ona tez tiklanadi va qo'shimcha muolajalarga ehtiyoji bo'lmaydi.