IMOM MOTURIDIY RISOLASI - Uyg'onish to'plami | 10 Daqiqa kanali

Опубликовано: 01 Декабрь 2023
на канале: 10 Daqiqa
6,781
391

Ahli sunna val jamoatning ikki raisidan biri, moturidiya ta’limotining asoschisi, Movarrounnahrda, jumladan Samarqand va Buxoroda Hanafiylik ta’limotining yoyilishiga sababchi bo’lgan, o’z davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi bo’lgan, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo’r ehtirom bilan tilga olinadigan, “Hidoyat yo’li imomi” nomi bilan ulug’lagan, Imom Moturidiy haqida 10 daqiqada bilib oling.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Uyg’onish to’plami 8 ta risoladan iborat. Unda Buyuk bobokalonlarimiz Xorazmiy, Farg'oniy, Buxoriy, Moturidiy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sino kabi mutafakkir olimlarning hayoti va ijodi yoritilgan. Al-Moturidiy risolasi ushbu to’plamning to’rtinchi kitobi hisoblanadi. Bundan oldin Xorazmiy, Farg’oniy va Buxoriy haqidagi kitoblar mazmunini ham yoritib bergan edik.

Moturidiya ta’limoti ilm egallash jarayonida bag’rikenglik g’oyasi asosida inson aql-zakovatining o’rni va ahamiyatiga yuksak e’tibor qaratadi. Bu o’z navbatida ushbu ta’limotning keng ommalashuvida muhim o’rin tutgan. Bunday g’oyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda.

Moturidiyning to’liq ismi Muahmmad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Ulamolar orasida hurmat bilan Imom al-Moturidiy deb atalgan. Shuningdek, “Imom al-huda”, “Imom al-mutakallim”, “Raisi ahli sunna val jamoa”, “Imom az-zohid”, “Musahhih ahli sunna val jamoa” kabi laqablar bilan ham tanilgan.

10 DAQIQA KANALIGA A'ZO BO'LING: http://www.youtube.com/10Daqiqa?sub_c...

BIZNES KITOBLAR:    • Savdogarlar ustozi kitobi 10 daqiqada...  

Xeshtelglar:


#moturidiy #kitobmazmuni