Sardor Rahimxon & Doston Ubaydullayev & Abdulaziz Qori - Bayram Ramazon (NEW KLIP) (Ramadan kareem)

Опубликовано: 12 Апрель 2021
на канале: Sardor Rahimxon
2,806,991
41k

Sardor Rahimxon - "Bayram Ramazon" "Turan Cms Media" yorlig'i ostida nashr etilgan. "Bayram Ramazon" klipi siz bilan YouTube-da.

Mavluda Esonova she'ri
Fazliddin Rahmonov musiqasi
Bahtiyor Sobirov aranjirovkasi

"Bayram Ramazon" so'zlari:

Osmonlarning eshigin ochib,
Parvardigor rahmatin sochib,
Mòmin dillar mehrini quchib,
Xush kelding xush qadam Ramazon.
Muslimlarga bayram Ramazon.

Suyugimdan lutfi imkonim,
Sabring ila unar iymonim,
Chiroyligim, go'zal mehmonim,
Tashrifingdan quvonmoqda jon,
Islomimning ko'rki Ramazon.

Sahobalar , tobeinlardan,
Me'ros bo'lib qalbi gullardan,
Kutdik seni oyu yillardan
Mukarramim savobga imkon,
Muanbarim aziz Ramazon.

Sen sabrsan, sen sinovi nafs,
Yaxshilikka chorlaguvchi dars,
Haq deganning uyida chin fayz,
Kelishingni kutgandim chunon,
Iymonimning mulki Ramazon.

Ginalardan butkul kech deysan,
G'aflat tugun bòlsa yech deysan,
Haqdan tilab qòling och deysan,
Isming aytsam yayramoqda jon,
Islomning xush mulki Ramazon.

Shukur ila tiyib nafslarni,
Alloh uchun bezab saharni,
Duo kutgay iftor mahalni,
Hech oyda yo'q bundayin imkon,
Qadring buncha baland Ramazon?!

Oshiq dilga shifodir ishqing ,
Olamlarni tutadi mushking,
Sahovatga chorlaydi ko'shking,
Zakot berar orzusi Rayyon,
Sen yaxshilik toti Ramazon.

Kutib olay ko'ksimga bosib,
Ro'zadorga dasturxon yozib,
Sen mal'unni zanjirga osib,
Kelishingdan bu ummat shodon,
Rasululloh suygan Ramazon.

Ketishingni o'ylasam shoshib,
Yurak yig'lar sog'inchdan jo'shib,
Savlati rizq , mehmoni Oshiq,
Xaqqa chorlar bongsan Ramazon.
Yaxshiyam Sen borsan Ramazon!

Kanalimizga obuna bo'ling:
   / @sardorrahimxon  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
  / sardor_rahimxon_official  
  / ajr_islom  
  / yurak_amri_rasmiy  
===========================

Sardor Rahimxon kanalining barcha yuklangan videolari himoyalangan.
Ushbu videoni boshqa kanallarga yuklash taqiqlanadi.
Hurmat bilan "Turan CMS Media" ©

✓   / turan.cmsmedia  
[email protected]

#SardorRahimxon #YurakAmri #Ramazon